Keyс: MAGNA televizorlari qadoqlanishi
Kompaniya MAGNA bizga televizor qadoqlash dizaynini yangilash bo‘yicha murojaat qildi. Muhimi nafaqat jozibador “quti” yaratish, balki brend qadriyatlarini ta’kidlash hamda xaridor uchun xususiyatlarni idrok etishni soddalashtirish edi.
Vazifa
Biz estetika va funksionallik o‘rtasida muvozanat izladiq. Quti ikki vazifani bajarishi kerak edi: mahsulotni himoya qilish va uni raqobatchilar orasida ajratib ko‘rsatish.
Yechim
Asosiy rang palitrasi sifatida texnologiyaviylik va premium segment bilan bog‘lanadigan binafsha tus tanlandi.
Oq tipografika uzoq masofadan ham oson o‘qishni ta’minlaydi.
Vizual aksent sifatida yorqin flamingo tasvirlari tanlandi — ular ekran ranglarining aniqligi va to‘yinganligini ifodalaydi.
Ma’lumotlar arxitekturasi
Biz qulay taqdimot tizimini shakllantirdik:
- Birinchi planda — brend va diagonali.
- Biroz pastroqda — model nomi.
- Pastki blokda — funksiyalar ikonkalari: Android TV, Bluetooth, Wi-Fi, HDMI, USB va boshqalar.
Dizayn moslashuvchanligi
Makеtlar turli o‘lchamdagi qutilar va televizor diagonallariga oson moslashtiriladi, umumiy brend uslubini saqlagan holda.
Natija
Zamonaviy va esda qolarli qadoqlash yaratildi, bu brendning pozitsiyasini mustahkamladi va xaridorlar uchun MAGNA televizorlarini tanlash jarayonini qulay hamda hissiy jihatdan yoqimli qildi.
